Ko‘pincha, xodimlar больничный uchun qancha to‘lanishi haqida murojaat qilishadi va aksariyat holatlarda o‘zlarining bir nechta voyaga yetmagan farzandlari borligi, nogironligi mavjudligi yoki ko‘p yillik ish staji mavjudligini aytib 100 foiz больничный olishga haqli yoki yo‘qligini so‘rashadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, vaqtincha mehnatga layotatsizlik nafaqasi tayinlashda kasallikning ahamiyati va xodimning ish staji inobatga olingan holda mehnatga layotatsizlik nafaqasi (больничный) tayinlanadi.
Xususan, Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom (ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002 y.) 27-bandiga asosan
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
- umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
- umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
- umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Mana shu qoidaga ko‘ra xodimdagi kasallikning xavflilik darajasi va uning ish stajini inobatga olgan holda mehnat vazifasini bajarishdan ozod bo‘lgani, boshqacha aytganda bu davrda oylik olmagani uchun nafaqa to‘lanadi.