Xususiy bog‘cha ochish uchun litsenziya talablari qanday?

Amaldagi qonunchilikda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya talablari va shartlari belgilangan. Xususan, Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom xususiy bog`cha uchun litsenziya talablarini quyidagicha belgilaydi.

T/rLitsenziya talablari va shartlariBajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar
1.O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan ta’minlanganligi:*kamida 2 ta kompyuter texnikasi hamda ekran o‘lchami kamida 40 dyuym bo‘lgan televizor bilan jihozlangan maktabgacha ta’limning dasturlarini amalga oshirish uchun o‘quv xonasi yoki axborot-resurs markazi; o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning tarbiyalanuvchilar umumiy soniga nisbati — 1/6.
2.Bitta guruhdagi tarbiyalanuvchilarning maksimal soni:*3 yoshgacha guruhda — 20 nafar; 3-5 yoshlilar guruhida — 25 nafar; qisqa muddatli guruhda — 30 nafar.
3.Bitta guruh uchun kiritiladigan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklarining minimal miqdorlari:*a) tarbiyachi:
9 soatli — 1,25 shtat birligi;
10,5 soatli — 1,46 shtat birligi;
12 soatli — 1,67 shtat birligi;
24 soatli — 2,2 shtat birligi;

b) tarbiyachi-yordamchisi:
9 soatli — 1 shtat birligi;
10,5 soatli — 1,15 shtat birligi;
12 soatli — 1,25 shtat birligi;
24 soatli — 1,5 shtat birligi.
4.Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining sig‘imiga qo‘yiladigan minimal talablar:*devor yoki panjara bilan o‘rab olingan hududiga va alohida kirish-chiqish joyiga ega bo‘lgan:
a) alohida binolarda tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni 385 nafardan oshmasligi;
b) ko‘p qavatli turar joy binosining birinchi qavatida tashkil etilganda tarbiyalanuvchilar soni:
shahar joylarda — 75 nafargacha;
qishloq joylarda — 60 nafargacha;
individual binolarda — 150 nafargacha bo‘lishi lozim.
5.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’muriyat va har bir guruh uchun talab etiladigan xonalar va har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon o‘lchami:*a) ma’muriyat uchun:
rahbar xonasi — 1 ta xona;
metodist xonasi — 1 ta xona;
tibbiyot xonasi — 1 ta xona;
b) mashg‘ulotlar va o‘yinlar uchun:
poyabzalni almashtirish xonasi shkaflari bilan (har bir guruh uchun) — 5,0 m2;
mashg‘ulotlar va o‘yin xonasi — 3,3 m2;
yotoqxona — 3,3 m2;
ovqatlanish joyi (har bir guruh uchun) — 18 m2;
musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish zali — 2 m2; kutubxona — 18 m2;
v) xo‘jalik ishlari uchun:
taom tayyorlash xonasi;
taom tarqatish xonasi;
idish-tovoq yuvish xonasi;
kir yuvish va quritish xonasi;
choyshablarni saqlash joyi (shkaf);
tozalash vositalarini saqlash joyi (shkaf);
oziq-ovqat mahsulotlari saqlash omborxonasi; ma’muriyat, tarbiyachilar va xodimlar, har bir tarbiyalanuvchilar guruhi uchun alohida hojatxona.
6.Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining ichki qismida har bir tarbiyalanuvchi uchun ajratiladigan maydon o‘lchami:*umumiy tipdagi uchun — 3,3 m2;
ko‘p qavatli turar joy binosining birinchi qavati uchun — 2,8 m2.
7.Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi:*jami tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilingan bo‘lishi lozim.

Izoh:

bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarga subsidiya ajratiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga qanday hisobotlar taqdim etishlar lozim?

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.