Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritishning foydali jihatlari

Milliy qonunchiligimiz biznes bilan shug‘ullanish uchun fuqarolarimizga juda ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi. Shulardan bir yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritishdir.

Quyida esa ushbu faoliyatning bir qancha qulaylik jihatlarini yoritib o‘tamiz:

Birinchidan, aniq belgilangan faoliyat turlari — YaTT Vazirlar Mahkamasining 6-sonli qaroriga ko‘ra belgilab berilgan 89 ta faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. 

Ikkinchidan, faoliyatini tekshirishdagi kafolatlar — YaTT faoliyati Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanadi. Bu degani ushbu subyektni faoliyatini nazorat qiluvchi organlari tomonidan tekshirish uchun (misol uchun soliq organlari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-374- sonli qaroriga asosan Biznes ombudusmandan ruxsat olish kerak. Ruxsat olmasdan o‘tkazilgan tekahiruvlar haqiqiy hisoblanmaydi hamda mansabdor shaxslarning javobgarligiga sabab bo‘ladi.

Uchinchidan, xodim yollash huquqi —YaTT tashkil qilgan shaxs 5 nafargacha xodimni mehnat shartnomasini tuzgan holda ishga yollashi mumkin. Bu holatni bir oila misolida oladigan bo‘lsak, oilaning 5 nafar a’zosi staj asosida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Faqatgina ular mehnat faoliyati davomida Mehnat kodeksining 512-moddasiga binoan ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lishlari kerak.

To‘rtinchidan, soddalashtrilgan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish —YaTTning xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi ham odatdagidan farq qiladi, ya’ni ish beruvchi bo‘lgan YaTT mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha buyruq chiqarmaydi. Mehnat kodeksining 511-moddasiga asosan YaTT xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda, xodimni soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq organining ro‘yxaidan chiqarib yuboradi hamda 3 kunlik muddat ichidan bu haqida xodimni xabardor qiladi.

Beshinchidan, faoliyatini to‘xtatib turgan davrdagi kafolatlar — Mehnat kodeksining 511-moddasiga ko‘ra YaTT ning faoliyati to‘xtatib turgan holatlarda xodimlarning o‘rtacha ish haqi ikki hafata mobaynida saqlanadi. Agar bu vaqt tugagandan keyin ham YaTT faoliyatini davom ettirmasa, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan miqdordagi kompensatsiya summasini to‘lagan holda mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Oltinchidan, Soliq kodeksining 237-moddasiga ko‘ra, YaTT ning bir yillik daromadlari 1 milliard so‘mdan oshgandan so‘nggina u qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydi. Shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tashkil qilingan YaTT lar uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘lashadi.

Yettinchidan, YaTT ham bir vaqtning o‘zida kichik tadbirkorlik subyekti hisoblangani bois, u ham davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratiladigan imtiyozli subsidiyalar olish huquqiga ega.

Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati kichik biznesga qiziqadigan va ortiqcha qog‘ozbozlikdan qochadigan insonlar uchun juda qulay tadbirkorlik faoliyatining shaklidir.

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi