Agar siz qaysidir yuridik shaxs bilan shartnoma tuzmoqchisi bo‘lsangiz-u lekin u haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmasangiz qanday yo‘l tutasiz?
Hozirgi kunda yuridik shaxslar, ularning ishtirokchilari, direktori ustav fondi miqdori, u tomonidan olingan tovar belgilari haqida ma’lumot olishning bir necha usullari bor. Ular quyidagilardan iborat:
№ | Sayt nomi | Nima uchun kerak? |
1 | http://registr.stat.uz | bu sayt yuridik shaxslarning yagona davlat registri hisoblanadi. Unda yuridik shaxsning ta’sischilari, ustav fondi va boshqa zarur ma’lumotlarni olish mumkin. |
2 | http://fo.birdarcha.uz/reorganization/notification/list | bu sayt orqali qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar haqida ma’lumot olsa bo‘ladi. |
3 | http://my2.gov.uz/ru/info-by-tin | bu esa tadbirkorlar reyestri sanaladi. Mazkur sayt orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash mumkin. |
4 | http://license.gov.uz | «Lisenziya» axborot xizmati. Yuridik shaxsning litsenziyasi haqiqiyligini tekshirish mumkin. |
5 | http://mib.uz | Mazkur saytning xizmatlar bo‘limidan qarzdorlarni tekshirish mumkin. |
6 | http://orginfo.uz | bu sayt orqali esa yuridik shaxslar haqida deyarli barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin. |
7 | http://my.soliq.uz | saytida har qanday korxonaning statusini tekshirib ko‘rish mumkin bo‘lgan sahifa bor. |
Tarbirkorlar yuqoridagi saytlar orqali o‘zlarining kontragentlari haqida kerakli ma’lumotlarini olishlari mumkin bo‘ladi.