Skip to main content

Yuridik shaxslar haqida ma’lumot olishning yo‘llarini bilasizmi?

Agar siz qaysidir yuridik shaxs bilan shartnoma tuzmoqchisi bo‘lsangiz-u lekin u haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmasangiz qanday yo‘l tutasiz?

Hozirgi kunda yuridik shaxslar, ularning ishtirokchilari, direktori ustav fondi miqdori, u tomonidan olingan tovar belgilari haqida ma’lumot olishning bir necha usullari bor. Ular quyidagilardan iborat:

Sayt nomiNima uchun kerak?
 1http://registr.stat.uzbu sayt yuridik shaxslarning yagona davlat registri hisoblanadi. Unda yuridik shaxsning ta’sischilari, ustav fondi va boshqa zarur ma’lumotlarni olish mumkin.
 2http://fo.birdarcha.uz/reorganization/notification/listbu sayt orqali qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar haqida ma’lumot olsa bo‘ladi.
 3http://my2.gov.uz/ru/info-by-tinbu esa tadbirkorlar reyestri sanaladi. Mazkur sayt orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash mumkin.
 4http://license.gov.uz«Lisenziya» axborot xizmati. Yuridik shaxsning litsenziyasi haqiqiyligini tekshirish mumkin.
 5http://mib.uzMazkur saytning xizmatlar bo‘limidan qarzdorlarni tekshirish mumkin.
 6http://orginfo.uzbu sayt orqali esa yuridik shaxslar haqida deyarli barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
 7http://my.soliq.uzsaytida har qanday korxonaning statusini tekshirib ko‘rish mumkin bo‘lgan sahifa bor.

Tarbirkorlar yuqoridagi saytlar orqali o‘zlarining kontragentlari haqida kerakli ma’lumotlarini olishlari mumkin bo‘ladi.

Categories: Fuqarolik huquqi