“Zapravkalar” faoliyatiga doir lisenziya talablari o‘zgarmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024-yildagi 387-sonli Qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorning qabul qilinishidan maqsad tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish hamda siqilgan gazni avtomoillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSH) orqali sotishni to‘liq raqamlashtirgan holda ulardan noqonuniy foydalanishlar va baxtsiz hodisalarni oldi olinishidir.

Ushbu qarorga ko‘ra endilikda, 2024-yil 1-sentyabrdan neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun lisenziya olishda ko‘rsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi.

Yangi AGTKSH qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar va lisenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi.

Shuningdek, Lisenziya yoki ruxsatnoma olish uchun quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak:

1. AGTKSH orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim o‘rnatilganligini tasdiqlovchi hujjat;

2. Energetika vazirligining AGTKSH orqali siqilgan gaz sotish bo‘yicha yangi lisenziya olish  Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvini tasdiqlovchi taqdimnomasi;

*Eslatma: amaldagi lisenziatlar uchun UZINFOCOM avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi 2025-yil 1 -yanvardan boshlab majburiy hisoblanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarga subsidiya ajratiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?

Tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga qanday hisobotlar taqdim etishlar lozim?

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim mahsultlariga nol stavkali bojxona boji qo‘llaniladi.