Shaharsozlik normalari va qoidalarining 26-bandi mazmuni shundan dalolat beradiki, shaxs o‘ziga tegishli yer uchastkalarida imorat qilish uchun albatta qo‘shnilarining roziligini olishi shart.
Agar shaxs bunday rozilikni olmay qurilish qiladigan bo‘lsa, qurilish natijasida bitkazilgan imorat o‘zimboshimchalik bilan qurilgan deb topiladi.
Negaki, Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga binoan qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
Demak, imorat qurishdan oldin qo‘shnining roziligini olish qurilish normalari va qoidalarini buzish sanaladi. Bunday vaziyatda o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.