Konsignatsiya shartnomasi

Konsignatsiya shartnomasi – bu konsignant (tovar egasi) oʻz tovarlarini sotish uchun konsignatorga (vositachiga) maʼlum muddat davomida topshiradigan va konsignator ushbu tovarlarni oʻz nomidan, lekin konsignant hisobidan sotish majburiyatini oladigan shartnoma turi hisoblanadi.

Bir qarashda mazkur shartnoma vositachilik shartnomasiga oʻxshab ketadi. Biroq u bir qator xususiyatlari bilan vositachilikdan farqlanadi. Avvalo, shuni aytish kerakki, bu shartnoma oldi-sotdi, vositachilik, topshiriq va omonat saqlash kabi shartnoma elementlarini oʻz ichiga olgan aralash (gibrid) shartnoma hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 354-moddasi bilan aytganda “nomlanmagan” shartnomalar toifasiga kiradi.

Mazkur shartnomaning huquqiy belgilari quyidagicha:

  • Konsensual
  • Ikki tomonlama
  • Haq evaziga tuziladigan

Konsignatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, ular:

  1. Tovarlarning mulk huquqi konsignantda saqlanib qoladi
  2. Sotilmagan tovarlar konsignantga qaytariladi
  3. Konsignator tovarlarni oʻz nomidan sotadi
  4. Risk va javobgarlik taqsimlanishi oʻziga xoslik kasb etadi.

Keling, konsignatsiya shartnomasining yuqorida tilga olingan shartnomalardan farqli jihatlarini koʻrib chiqamiz.

Konsignatsiya va oldi-sotdi shartnomalarining oʻzaro nisbati

Taqqoslash mezoniKonsignatsiya shartnomasiOldi-sotdi shartnomasi
Huquq oʻtishiMulk huquqi konsignantda qoladiMulk huquqi sotuvchidan xaridorga oʻtadi
Haq toʻlash tartibiTovar sotilgandan keyingina haq toʻlanadiTovar topshirilishi bilan haq toʻlanadi
Sotilmagan tovar taqdiriKonsignantga qaytariladiSotuvchida qoladi
Shartnoma predmetiTovarni sotish xizmatini koʻrsatishTovarni mulk qilib topshirish

Konsignatsiya va omonat saqlash shartnomasi nisbati

Taqqoslash mezoniKonsignatsiya shartnomasiOmonat saqlash shartnomasi
MaqsadTovarni sotishTovarni saqlash
Faoliyat turiFaol savdo faoliyatiPassiv saqlash faoliyati
Foyda olishSotishdan foyda olish koʻzlanadiSaqlash xizmati uchun haq olinadi
Mulkdan foydalanishTovarni tasarruf etish huquqi borTovarni tasarruf etish huquqi yoʻq
Javobgarlik doirasiTovar yoʻqolishi va sotish majburiyatiFaqat saqlash majburiyati

Konsignatsiya va vositachilik shartnomasi nisbati

Taqqoslash mezoniKonsignatsiya shartnomasiVositachilik shartnomasi
Shartnoma predmetiTovarni sotish xizmatini koʻrsatishBitim tuzishda vositachilik qilish
Harakat qilish asosiOʻz nomidanOʻz nomidan
Huquqning oʻtishiMulk huquqi saqlanadiMulk huquqi oʻtishi mumkin
Haq toʻlashSotilgan tovar qiymatidan foizBelgilangan vositachilik haqi
Tovarni saqlashMajburiyMajburiy emas

Konsignatsiya va topshiriq shartnomasi taqqoslama tahlili

Taqqoslash mezoniKonsignatsiya shartnomasiTopshiriq shartnomasi
Harakat doirasiFaqat savdo faoliyatiHar qanday yuridik harakatlar
Mulkiy munosabatTovar konsignantnikiMulkiy munosabat boʻlmasligi mumkin
Haq toʻlashSotilgan tovar qiymatidan foizBelgilangan topshiriq haqi
Shartnoma muddatiOdatda uzoq muddatliQisqa muddatli boʻlishi mumkin
Hisobot berishSotilgan tovarlar boʻyicha doimiyTopshiriq bajarilgandan soʻng
Majburiyat hajmiAniq belgilanganOʻzgaruvchan boʻlishi mumkin

Huquq sohasi vakillarining, xususan civilistlarning shartnoma turlarining oʻziga xos xususiyatlarini bilishi toʻgʻri shartnoma turini tanlashga, taraflarning huquq va majburiyatlarini toʻgʻri belgilash imkonini beradi, shu bilan birga nizolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Fuqarolik huquqida konvolidatsiya

Culpa in Contrahendo Doktrinasi

Kreditorlar huquqlarini himoya qilish usullari: ex ante va ex post control

Fuqarolik huquqida sinallagmatik shartnomalar

Fuqarolik huquqida eviksiya

Umumiy mulk