Sotilgan tovar qaytarib olinmaydimi?

Odatda bozor rastalari yoki do‘konlarda huddi shunday yozuvlarga ko‘zimish tushadi. Ya’ni ko‘plab sotuvchilar “Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi” deb yozib qo‘yishadi. Biroq qonunchilik bunday vaziyatlar uchun boshqacha qoidalarni belgilaydi.

Xususan, Fuqarolik kodeksining 433-moddasida qonun chiqaruvchi qoidagicha qoida o‘rnatadi:

Sotib oluvchi o‘ziga nooziq-ovqat tovari topshirilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, xarid qilingan tegishli sifatli tovarni xarid joyida yoki sotuvchi e’lon qilgan boshqa joylarda o‘lchami, shakli, hajmi, andazasi, rangi, to‘plami boshqacha bo‘lgan xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli, bunda u narxlarda farq bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi.

Shuni ham aytish kerakki, qoidaning davomida sotuvchida almashtirish uchun zarur tovar bo‘lmaganida o‘zi sotgan tovarini qaytarib olish hamda sotib oluvchi to‘lagan pulni qaytarib berishi zarurligi ko‘rsatilgan.

Misol uchun do‘kondan yoki bozordan oyoq kiyim sotib oldingiz, lekin uyga kelgandan so‘ng bu oyoq kiyim qandaydir sababga ko‘ra yoqmay qoldi. Bu vaziyatda siz sotuvchiga olingan oyoq kiyimni boshqasiga almashitirish yoki pulni qaytarish talabini qo‘yishga haqlisiz.

Biroq, mazkur qoida hamma tovarlarga ham qo‘llanilmaydi. Ya’ni ayrim turdagi tovarlar borki, ularni sotib olgandan so‘ng, qaytarishni talab qilib bo‘lmaydi.

Bunday tovarlar toifasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida  “Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati”da belgilangan. Agar siz sotib olgan tovaringiz ushbu ro‘yxatda mavjud bo‘lsa, demak bu tovar sotuvchi tomonidan qaytarib olinmaydi.

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?