Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  12.08.2024 yildagi PF-109-son Farmoni bilan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi faktoring tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat etildi.

Ushbu Farmonga muvofiq, Faktoring tashkiloti faoliyati nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob roʻyxatidan oʻtgandan keyin amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib oʻrnatiladi:

1) mijozning kontragenti norezident boʻlganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga;

  • kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari boʻyicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotishga (refaktoring);

2)  pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;

3) voz kechilgan huquqqa boʻlgan talabnomalarning ustuvorligini taʼminlash maqsadida pul talabnomasidan voz kechish toʻgʻrisidagi xabarnomalar garov reyestrida roʻyxatga olinadi;

4)  qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va toʻlov amalga oshiriladigan mamlakat oʻzgartirilishi mumkin emas.

Bundan tashqari, Faktoring xizmatlari elektron platformasi (faktoring platformasi)  joriy qilinadi.

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?