Ish va xizmat

Fuqarolik huquqining obektlari anchagina keng sanalib, ulardan qatorida ish va xizmat ham mavjud. Ushbu ikki obekt bir-biriga anchagina o‘xshash va yaqin. Ularni birlashtirib turuvchi asosiy jihat har ikki obektning muayyan moddiy qiymat kasb etishida namoyon bo‘ladi.

Boshqacha aytganda, ularning har ikkisi pulda baholanadi. Shu sababli adabiyotlarda bu obektlar moddiy obektlar qatorida sanab o‘tiladi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan ish bajarishga oid qoidalarni qo‘llash mumkin (Fuqarolik kodeksi 708-m).

Shu bilan birga ushbu ikki obektning o‘zini ham bir-biridan farqlovchi jihatlar mavjud. Ikki fuqarolik-huquqiy munosabat obektining bir-biridan asosiy farqi, mazkur obekt bilan bog‘liq huquq va majburiyatlarni amalga oshirish natijasida ashyoviy-moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan natijaning yaratilishidir.

Ayrim adabiyotlarda ishning natijasida moddiy obekt yaratiladi, xizmatlar natijasi esa ashyoviy shaklga ega bo‘lmaydi degan fikrlar keltiriladi. Lekin bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Misol uchun, tibbiy xizmatlarning ayrimlarida natija ashyoviy ko‘rinish kasb etadi (tishga plomba, yurakka stend qo‘yish). Baholash xizmatlari ko‘rsatilganda ham natija ashyoviy shaklda bo‘ladi.

Shu sababli, ish va xizmatni bir-biridan farqlashda uning natijasiga qarash chalkashlikka olib kelishi mumkin.

Shuning uchun mazkur obektlarning o‘zaro nisbatini aniqlashda natijaga emas, taraflarning munosabatga kirishishdan oldingi niyatiga qarash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Agar munosabat taraflari yakunda ashyoviy shakldagi natijaga erish maqsadida kelishuvga erishsa, bu ish sifatida, agar taraflar yakunda ashyoviy shakldagi natija emas, muayyan boshqa boshqa maqsadni ko‘zlasa, bu xizmat deb nomlanishi kerak.

Aytaylik, A ismli shaxs B ismli shaxs bilan o‘zaro kelishuv tuzib, uyini ta’mirlatmoqchi. Bunday holatda har ikki tarafning maqsadi yakunda ashyoviy shakldagi natijaga erishish hisoblanadi. Ya’ni A o‘z uyini ta’mirlangan holatda qabul qilishni, B esa shu uyni ta’mirlab natijasini Aga topshirish maqsadini ko‘zlaydi. Bunday holatda pudrat shartnomasi asosida ish bajariladi.

Ikkinchi vaziyatda F ismli shaxs yuragi hastaligi sababli D tibbiy klinasida stend qo‘ydirish maqsadida kelishuv tuzdi. Ushbu holatda Fning maqsadi yakunda ashyoviy natijaga erishish emas, sog‘ayish hisoblangani bois, bu yerda xizmat ko‘rsatiladi.

Ish va xizmatlarning o‘zaro nisbatini quyidagi jadvalda ko‘rib chiqamiz.

Farqlovchi jihatlariIshXizmat
1MaqsadTaraflar ashyoviy natijaga erish maqsadini ko‘zlaydi.Taraflar moddiy narsa yaratishni maqsad qilib qo‘ymaydi
2Shartnoma tuzishIsh bajarishda pudrat shartnomasi tuziladiXizmat haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalari asosida ko‘rsatiladi
3KafolatIshning natijasiga kafolat beriladiOdatda xizmatlarga kafolat taqdim etilmaydi
4JavobgarlikIsh bajarish bilan bog‘liq shartnomalarda to‘liq javobgarlik choralari qo‘llaniladiXizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq shartnomalarda umumiy qoida sifatida javobgarlik cheklanadi
5NatijaIshning so‘nggida ashyoviy shakldagi natija yaratiladi.Xizmat uni ko‘rsatish jarayonida iste’mol qilinadi. Misol uchun repititorlikda o‘quvchi kurs jarayonining o‘zida uni o‘zlashtiradi.
6Shartnomani bekor qilishIsh bajarishga oid shartnomalarni bir taraflama bekor qilib bo‘lmaydi.Ijrochida ham, buyurtmachida ham istalgan vaqtda shartnomani bir taraflama bekor qilish huquqi mavjud.

Konsorsium shartnomasining huquqiy tabiati

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni himoya qilishda Torrens tizimining afzalliklari

Korporativ shartnomalarning huquqiy tartibga solinishi

Merosdan majburiy ulush olish huquqi

Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari

Kvazi yuridik shaxslar

Fuqarolik huquqida elektron shaxs konsepsiyasi

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?