Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Maʼlumki, bugungi kunda koʻplab korxona, tashkilotlarda ish haqlari bank plastik kartalari orqali naqdsiz shaklda beriladi.

Respublikamizning ayrim hududlari borki, ulardagi byudjet tashkilotlaridagi xodimlarning ish haqlari naqd pulda beriladi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2017 yildagi PQ-2753-son qarorida belgilangan togʻli va olis tumanlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi toʻlash, ijtimoiy toʻlovlar hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi.

Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasining budjet tashkilotlarda ish haqi toʻlash, ijtimoiy toʻlovlar naqd pul shaklida amalga oshiriladigan togʻli va olis tumanlari Roʻyxati tasdiqlangan.

Unga koʻra:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.Qonlikoʻl
2.Qoraoʻzak
3.Kegeyli
4.Qoʻngʻirot
5.Moʻynoq
6.Taxtakoʻpir
7.Chimboy
8.Shumanay
  Andijon viloyati
1.Buloqboshi
2.Ulugʻnor
3.Xonabod shahri
  Buxoro viloyati
1.Olot
2.Qorakoʻl
3.Qorovulbozor
4.Peshku
5.Romitan
  Jizzax viloyati
1.Arnasoy
2.Baxmal
3.Gʻallaorol
4.Zomin
5.Zarbdor
6.Zafarobod
7.Forish
8.Yangiobod
  Qashqadaryo viloyati
1.Dehqonobod
2.Mirishkor
3.Muborak
4.Nishon
5.Chiroqchi
  Namangan viloyati
1.Kosonsoy
2.Mingbuloq
3.Norin
4.Yangiqoʻrgʻon
  Navoiy viloyati
1.Konimex
2.Nurota
3.Tomdi
4.Uchquduq
  Sirdaryo viloyati
1.Xovos
  Samarqand viloyati
1.Qoʻshrabot
2.Nurobod
3.Paxtachi
4.Urgut
  Surxondaryo viloyati
1.Boysun
2.Qiziriq
3.Muzrabot
4.Sariosiyo
5.Uzun
6.Shoʻrchi
  Toshkent viloyati
1.Boʻstonliq
2.Boʻka
3.Piskent
  Fargʻona viloyati
1.Beshariq
2.Soʻx
3.Yozyovon
  Xorazm viloyati
1.Hazorasp
2.Shovot
3.Yangiariq
4.Yangibozor

Ogohlantirish muddati

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati

Fuqarolik-huquqiy shartnomalari mehnat shartnomasi deb tan olinadi

Ishdan bo‘shatish nafaqasi va ishsizlik nafaqasi o‘rtasida farq bor

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi qancha?