Sanoat mulki obyektlari

Sanoat mulki – bu intellektual mulk huquqining muhim tarkibiy qismi boʻlib, u sanoat, fan, texnika va savdo sohasidagi ijodiy faoliyat natijalarini oʻz ichiga oladi.

Amaldagi fuqarolik qonunchigida sanoat mulki obyektlarining quyidagi asosiy turlari sanab tiladi:

  • Ixtirolar
  • Foydali modellar
  • Sanoat namunalari
  • Tovar belgilari
  • Firma nomlari
  • Geografik koʻrsatkichlar

Keling ularning har birini koʻrib chiqamiz.

1. Ixtiro – bu texnika va texnologiya sohasidagi yangi, ixtirochilik darajasiga ega boʻlgan va sanoatda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan texnik yechim. Ixtiro patenti yigirma yil mobaynida amal qiladi.

Har qanday texnik yechim ixtiro sanalaydi. Qonun muayyan yechimni ixtiro sifatida qabul qilish uchun zarur shartlarni belgilaydi. Xususan, Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari:

1Yangilik
2Ixtirochilik darajasi
3Sanoatda qoʻllanilish imkoniyati

Yangilik – bu ixtironing ilgari maʼlum boʻlmagan texnik yechim ekanligini anglatadi. Bunda yangilik shartining mazmuni quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: (1) ixtiro haqidagi maʼlumot ilgari ochiq nashr qilinmagan, (2) ixtiro Oʻzbekiston yoki boshqa davlatlarda patentlanmagan, (3) ixtiro toʻgʻrisidagi maʼlumot boshqa yoʻllar bilan jamoatchilikka maʼlum qilinmagan boʻlishi lozim.

Ixtirochilik darajasining mazmuni ixtiro mutaxassis uchun texnikaning mavjud darajasidan kelib chiqmaydigan boʻlishi kerakligini anglatadi. Ixtirochilik darajasini baholashning bir qator mezonlari mavjud.

Baholash mezoniTasnif
1Texnik masalaning murakkabligiMuammoning ilgari hal qilinmaganligi
Yechimning kutilmaganligi
Mavjud yechimlardan tubdan farq qilishi
2Erishilgan texnik natijaYangi texnik effekt
Sifat koʻrsatkichlarining sezilarli yaxshilanishi
Kutilmagan qoʻshimcha effektlar
3Texnik yechimning noaniqlik darajasiOldingi texnik yechimlardan farq qiluvchi yangi belgilar
Mavjud belgilarning yangi kombinatsiyasi
Yangi texnik aloqalarning mavjudligi

Patentga layoqatlilikning navbatdagi sharti bu sanoatda qoʻllash imkoniyatidir. Ushbu shartning mazmuni ixtiro turli sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda koʻp marta amalga oshirilishi mumkin boʻlishi kerakligini anglatadi.

Sanoatda qoʻllanilish imkoniyatining belgilari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. Texnik jihatdan amalga oshirilish imkoniyati: zarur texnik vositalarning hamda texnologik jarayonlarning mavjudligi, texnik vositalarning ishonchliligi;
  2. Takroriy amalga oshirish imkoniyati: bir xil natijalarning olinishi, barqaror texnik effektning taʼminlanishi va natijalarning qayta tiklanishi
  3. Amaliy qoʻllash imkoniyati: iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, ekologik xavfsizligi, shuningdek, texnik xavfsizlik talablariga muvofiqligi.

Qisqacha xulosa qiladigan boʻlsak, maʼlum bir texnik yechimni ixtiro deb atash uchun yuqoridagi layoqatlilik shartlari boʻlishi lozim.

Misol: Samsung kompaniyasining buklanadigan smartfoni (Z fold) – bu ixtiro sifatida patentlangan yangi texnologik yechim.

2. Foydali model – bu qurilma yoki uskunaning konstruktiv yechimidir. Foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi. Foydali modelning xususiyatlari quyidagicha:

  • Yangilik;
  • Sanoatda qoʻllanilish imkoniyati;
  • Ixtirodan farqli ravishda, ixtirochilik darajasi talab qilinmaydi.

Bunda yangilik shartining oʻziga xos xususiyatlari 2 turga boʻlinadi: (1) mahalliy yangilik talabi (Oʻzbekiston hududida yangi boʻlishi), (2) absolyut yangilik talabi (butun dunyoda yangi boʻlishi).

Yangilikni baholash mezonlari:

Baholash mezoniTasnif
1Konstruktiv belgilarning yangiligiYangi konstruktiv elementlar
Elementlarning yangi joylashuvi
Yangi texnik aloqalar
2Funksional belgilarning yangiligiYangi vazifalarning bajarilishi
Mavjud vazifalarning yangicha bajarilishi
Qoʻshimcha funksiyalarning paydo boʻlishi

Foydali modelning sanoatda qoʻllanilish imkoniyati oʻziga xos xususiyatlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

  • Ishlab chiqarish imkoniyati yaʼni mavjud texnologiyalar bilan ishlab chiqarish mumkinligi, zarur materiallarning mavjudligi hamda ishlab chiqarish xarajatlarining maqbulligi hisoblanadi.
  • Texnik amalga oshirish imkoniyati: konstruksiyaning soddaligi, ishonchlilik darajasi, taʼmirlash va xizmat koʻrsatish qulayligi hisoblanadi.

Misol: Quyosh energiyasidan foydalanuvchi koʻchma telefon zaryadlovchi qurilma.

3. Sanoat namunasi – bu mahsulotning tashqi koʻrinishini belgilovchi badiiy-konstruktorlik yechimi sanaladi. Sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasining himoya (patentga layoqatlilik) shartlariga:

  • Yangilik;
  • Oʻziga xoslik;
  • Sanoatda qoʻllanilish imkoniyati kiradi.

Bunda yangilikni baholash mezonlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

Tashqi koʻrinishning yangiligi:Ergonomik yangilik:
ShaklFoydalanish qulayligi
KompozitsiyaEstetik jozibadorlik
Naqsh va ranglarFunksionallik

Patentga layoqatlilikning navbatdagi sharti oʻziga xoslikdir. Oʻziga xoslikni baholash mezonlari:

Badiiy-konstruktorlik yechimining originaligi:Kompozitsion yaxlitlik:
Individual xususiyatlarElementlarning oʻzaro muvofiq joylashuvi
Boshqa namunalardan farqlanish darajasiProporsiyalarning mutanosibligi
Estetik taʼsir kuchiRanglar uygʻunligi

Sanoat namunasining keyingi himoya sharti sanoatda qoʻllash imkoniyatining mavjud boʻlishi sanaladi.

Ishlab chiqarish imkoniyatiAmaliy qoʻllash imkoniyati
Industrial usulda koʻp marta ishlab chiqarish mumkinligiFunksional vazifalarning bajarilishi
Texnologik jarayonlarning mavjudligiXavfsizlik talablariga muvofiqligi
Zarur materiallarning mavjudligiErgonomik talablarga javob berishi

Misol: Coca-Cola shishasi dizayni

Sanoat mulki obyektlarining yuqorida koʻrib chiqilgan obyektlarini huquqiy mufoza qilishning yana bir zaruriy sharti bu – ushbu obyektlarni patentlashdir. Agar sanoat mulki obyektining muallifi ular yaratilgandan soʻng belgilangan tartibda patent olmasa, ularga nisbatan huquqiy muhofaza berilmaydi.

Sanoat mulki obyektlarini himoya qilish zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning muhim elementi hisoblanadi. Bu sohadagi bilimlar har bir mutaxassis uchun muhimdir.

Sanoat mulki obyektlarining qolgan turlari haqida alohida fikr yuritamiz.

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?

Kontrfakt tovarlar boʻyicha huquqiy himoya nimalardan iborat

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi