Turdosh huquqlar

Turdosh huquqlar – bu mualliflik huquqi bilan bogʻliq boʻlgan, lekin undan farq qiluvchi huquqlar majmui boʻlib, u ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar hamda efir yoki kabel orqali koʻrsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotlarning huquqlarini oʻz ichiga oladi.

Turdosh huquqlarning mualliflik huquqidan asosiy farqlari:

  • Turdosh huquqlar ijodiy faoliyat natijasi boʻlishi shart emas;
  • Turdosh huquqlar mualliflik huquqi obyektlarini jamoatchilikka yetkazish vositasi sifatida xizmat qiladi;
  • Turdosh huquqlar mualliflik huquqi asosida vujudga keladi.

Quyidagilarni turdosh huquqlarning subyektlari qatoriga kiritish mumkin:

  1. Ijrochilar, xususan, aktyor, qoʻshiqchi, musiqachi, raqqos, spektakl qoʻyuvchi rejissyor, orkestr, xor va boshqa ijrochilik jamoalari rahbari.

  2. Fonogramma tayyorlovchilar jumlasiga, tovushlarni birinchi marta yozib olishni amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxs, fonogrammani ishlab chiqarish tashabbuskori va masʼuliyatini oʻz zimmasiga olgan shaxs.

  3. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv beruvchi tashkilotlarga esa, teleradiokompaniyalar, internet-televideniye operatorlari, kabel televideniyesi operatorlari kiradi.

Turdosh huquqlar obyektlari esa quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. Ijro: asarlarning ijrosi, folklor namunalarining ijrosi, estrada, sirk va qoʻgʻirchoq tomoshalarining ijrosi.
  2. Fonogramma: ijroning yozib olingan tovushlari, boshqa tovushlarning yozib olinishi, tovushlarning ifodalanishi
  3. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv: teleradiokoʻrsatuvlar, internet orqali uzatiladigan koʻrsatuvlar, Kabel televideniyesi koʻrsatuvlari.

Eʼtiborli jihati yuqoridagi turdosh huquqlarning amal qilish muddatlari ham oʻzgacha, xususan:

SubyektlarMuddat
1Ijrochilar uchunIjro etilgan paytdan eʼtiboran 50 yil
Ijro yozib olingan taqdirda – birinchi yozib olingan paytdan eʼtiboran 50 yil
2Fonogramma tayyorlovchilar uchunFonogramma birinchi marta eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran 50 yil
Fonogramma eʼlon qilinmagan boʻlsa – birinchi yozib olingan paytdan eʼtiboran 50 yil
3Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv beruvchi tashkilotlar uchunKoʻrsatuv yoki eshittirishni birinchi marta efirga uzatilgan paytdan eʼtiboran 50 yil

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Fuqarolik huquqida konvolidatsiya