Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Kuz-qish mavsumida aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va sifatli taʼminlash, ularga koʻrsatilayotgan ushbu xizmatning sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014-yildagi 194-son Qaroriga asosan:

isitish boʻyicha — belgilangan tartibga koʻra xonalarni isitish boʻyicha chora-tadbirlarni (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolyatsiyalash) bajarish sharti bilan isitish mavsumi davrida 1995-yilgacha qurilgan koʻp qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20 gradus C,

agar koʻp qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan boʻlsa, turar joy xonalaridagi harorat kamida 18 gradus C boʻlishi lozim;

Bundan tashqari, issiq suv taʼminoti boʻyicha — issiq suv taʼminotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalariga muvofiq suv olish joylarida issiq suvning harorati 50 — 75 gradus C boʻlishi kerak.

Bunda:

  • suvning epidemiya xavfsizligi;
  • suvning qulay organoleptik xossalari;
  • suvning inson organizmiga zararli taʼsirining oldini olish boʻyicha issiq suv taʼminotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi taʼminlanishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Allergik va immunologik kasalliklarga chalinganlarga bepul dori mahsulotlari bilan ta’minlanadi