Vakolatxona va filiallar bir-biridan qanday farq qiladi?

Fuqarolik kodeksining vakolatxonalar va filiallar tarifiga bag‘ishlangan 47-moddasida mazkur tushunchalarga quyidagicha tarif berilgan:

Vakolatxona yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir.

Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir.

Fuqarolik huquqiga oid adabiyotlarda vakolatxonalar alohida shartnoma tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish, o‘z tashkilotiga ega tijorat va ijtimoiy xususiyatga ega reklama bilan shug‘ullanishi mumkin aytiladi.

Vakolatxonaning filialdan farqli jihati shundaki, filiallar yuridik shaxs shug‘ullanayotgan ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati olib borish huquqiga egadir. Mazkur huquq vakolatxonalarda mavjud emas.

Vakolatxona uni tashkil etuvchi yuridik shaxs nomidan ish ko‘rib, uning manfaatlarini ifodalasa, filiallar faoliyati kengroq bo‘lib, yuridik shaxs vazifalarining bir qismini, jumladan, vakolatxona vazifasini ham bajaradi.

Vakolatxonalar ham filiallar ham yuridik shaxs hisoblanmaydi (ayrimlari mustasno), o‘zlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish olib boradi. Ularning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanib, yuridik shaxs taqdim etgan ishonchnoma asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?