Amaldagi Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarning bir necha turlari qayd etiladi. Avvalo, yuidik shaxslar faoliyat maqsadiga qarab tijorat va notijorat yuridik shaxslarga bo‘linadi. Shu bilan birga yuridik shaxslar faoliyatni tashkil etish, boshqarish usuliga qarab tashkiliy huquqiy shakllarga bo‘linadi.
Quyidagi jadvalda yuridik shaxslarning tashkiliy huquqiy shakllari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
№ | Tijoratchi yuridik shaxslar | Notijorat yuridik shaxslar | |
1 | Xoʻjalik jamiyatlari | Aksiyadorlik jamiyati | Matlubot kooperativi |
Masʼuliyati cheklangan jamiyat | |||
Qoʻshimcha masʼuliyati jamiyat* | |||
2 | Xoʻjalik shirkatlari | Toʻliq shirkat | Jamoat birlashmasi |
Kommandit shirkat | |||
3 | Xususiy korxona | Jamoat fondi | |
4 | Ishlab chiqarish kooperativi | Muassasa | |
5 | Unitar korxona* | Yuridik shaxslarning birlashmasi | |
6 | Oilaviy korxona | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi | |
7 | Fermer xoʻjaligi |
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2022 yildagi PQ-415-sonli “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2023-yil 1-martdan boshlab unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda mazkur tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish jarayonlarini 2025-yil 1-yanvarga qadar belgilangan.