Chet elda davolanganda vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik varaqasi (больничный) qanday ochiladi?

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 25-bandiga binoan chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.

Mana shu qoidaga ko‘ra chet elda davolangan shaxs dastlab istalgan notarial idoraga borib, ingliz tilidagi tibbiy ma’lumotnomani o‘zbek tiliga tarjima qildirib, uni notarial tasdiqlatishingiz lozim. Bunda notarius Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3113)ga muvofiq hujjatlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilinganligi faktini tasdiqlash to‘g‘risidagi notarial harakatni amalga oshiradi.

Notarial tasdiqlangan tibbiy ma’lumotnomani olib, uni tuman TTBga murojaat qilish lozim. Tibbiyot birlashmasi mazkur ma’lumotnoma asosida fuqaroga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiradi.

Pensiyada ham chegirmalar mavjudmi?

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.