Fuqarolik huquqida estoppel

Estoppel instituti zamonaviy huquqda muhim ahamiyat kasb etuvchi va huquqiy munosabatlarni tartibga solishda keng qoʻllaniladigan institutlardan biri hisoblanadi. Ushbu institut dastlab Common law tizimida shakllangan boʻlib, keyinchalik kontinental huquq tizimiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan.

Estoppel – bu shunday huquqiy prinsipki, unga koʻra, agar bir shaxs oʻz xatti-harakatlari, bayonotlari yoki harakatsizligi orqali maʼlum bir holatning mavjudligini tasdiqlasa va ikkinchi tomon bunga ishonib, tegishli harakatlarni amalga oshirsa, birinchi tomon keyinchalik oʻz soʻzlaridan qaytish yoki avvalgi holatni inkor etish huquqidan mahrum boʻladi.

Misol uchun “Ota oʻgʻliga: “Agar sen fermada 10 yil ishlasang, bu yerning yarmi senga oʻtadi” deydi. Oʻgʻil, 10 yil davomida fermada ishlaydi. Oyiga 1000 dollar maosh oladi. Fermaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Biroq 10 yil oʻtgach, ota: “Men sizga yer berishim haqida gapirmagan edim” desa, estoppel prinsipi otaning bu soʻzini eʼtiborga olmaydi. Chunki oʻgʻil otasining vaʼdasiga ishonib, 10 yil mehnat qilgan.

Estoppelning asosiy maqsadi huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, tomonlarning huquqiy xavfsizligini kafolatlash, nohaq foyda olishning oldini olishdan iboratdir.

Estoppelning quyidagi uch turi mavjud:

1. Shartnomaviy estoppel (Contractual estoppel)

Bu turdagi estoppel shartnoma munosabatlarida qoʻllaniladi. Uning asosiy xususiyatlari:

  • Shartnoma shartlarining majburiyligi;
  • Tomonlarning kelishilgan shartlardan bir tomonlama voz kecha olmasligi;
  • Shartnomada koʻrsatilgan faktlarni keyinchalik inkor etish imkoniyatining yoʻqligi.

Misol: A kompaniya B kompaniya bilan tuzilgan shartnomada maʼlum bir texnologiyaning mutlaq egasi ekanligini tasdiqlagan. Keyinchalik, bu texnologiya uchinchi shaxsga tegishli ekanligi aniqlansa ham, A kompaniya B kompaniya oldidagi majburiyatlardan ozod boʻlmaydi.

2. Vakolat asosidagi estoppel (Estoppel by representation)

Bu turdagi estoppel aniq bayonot yoki vaʼdalar asosida yuzaga keladi. Uning elementlari:

  1. Aniq va bir maʼnoli bayonet;
  2. Bayonot beruvchi shaxsning vakolatli ekanligi;
  3. Ikkinchi tomonning bu bayonotga ishonishi;
  4. Ishonch asosida harakat qilinishi;
  5. Zarar koʻrish xavfining mavjudligi.

3. Xatti-harakat asosidagi estoppel (Estoppel by conduct)

Bu tur maʼlum xatti-harakatlar orqali yuzaga keladi. Asosiy xususiyatlari:

  • Aniq harakatlar mavjudligi;
  • Harakatlarning izchilligi;
  • Ikkinchi tomonning bu harakatlarga tayanishi;
  • Harakatlar oqibatida yuzaga kelgan huquqiy oqibatlar.

Estoppel quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:

1Qonunga zid boʻlgan holatlardaImperativ normalar buzilganda
Jamoat tartibi buzilganda
Uchinchi shaxslar huquqlari buzilganda
2Noqonuniy maqsadlardaFiribgarlik maqsadida
Soliqlardan qochish maqsadida
Kreditorlar huquqlarini buzish maqsadida

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya