Eshitish qobiliyatida nuqsoni bor bolalar uchun koxlear implantatsiya operatsiyalari bepul o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 08.01.2015-yildagi buyrug’iga (ro‘yxat raqami 2648-son) asosan, eshitish qobiliyati nuqsoni bo‘lgan bemor bolalar uchun koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish va koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari bepul amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Koxlear implantatsiya operatsiyasi bemor bola 5 yoshga to‘lganga qadar o‘tkazilganda ijobiy natija berishini hisobga olib, budjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan implantatlardan samarali foydalanish uchun ular 5 yoshga to‘lmagan bolalarga bepul taqdim etiladi.

Bundan tashqari, budjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan implantat hisobiga amalga oshiriladigan koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha navbatni kutishni istamagan 5 yoshga to‘lmagan bemor bolalarning ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylar o‘z hisoblaridan ham ushbu qurilmalarini xarid qilishlari mumkin.

Bunday holatlarda 5 yoshga to‘lgan va undan oshgan bemor bolalarda operatsiyalari ularning  ota-onalari, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylari tomonidan implantant sotib olingan taqdirdagina o‘tkaziladi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi