Parvarish nafaqasi nima va kimlarga to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023-yildagi 119-son Qaroriga muvofiq quyidagi kasalliklarga chalingan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bola deb topilgan bolalarning qonuniy vakili parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega.

Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga u pensiya yoki nafaqa olishidan qat’i nazar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan har bir 18 yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida tayinlanadi.

Shuningdek, Parvarish nafaqasi 2022-yil 1-apreldan to‘lanishni boshlangan bo‘lib, uning miqdori 500 000 so‘mni tashkil qiladi hamda nafaqa tayinlash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
  • Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

*Qonunchilikka asosan qonuniy vakillar deb ota-onalar, bolani farzandlikka olgan shaxslar, vasiy va homiylar deb hisoblanadi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi