Pensiyada ham chegirmalar mavjudmi?

Sarlavha gʻalati eshitilishi mumkin, lekin haqiqatdan ham fuqarolarga tayinlangan pensiyadan ham ushlab qolish asoslari qonunda belgilangan. Ayrim holatlarda, misol uchun pensioner aliment toʻlovchi boʻlganda ham unga tayinlangan pensiyadan ushlab qolishga, boshqacha aytganda pensiyadan chegirib qolishga yoʻl qoʻyiladi.

Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi Qonunning 65-moddasiga binoan pensiyalardan chegirmalar:

a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qilinishi mumkin.

Tekshirish (oʻrganish) oʻtkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (oʻrganilishiga) hamda ular boʻyicha toʻlangan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, agar hududiy pensiya Jamgʻarmasi boʻlimlari sizga ortiqcha toʻlangan pensiyani qaytarib olayotgan boʻlsa, ortiqcha toʻlangan pensiya muddati 3 yildan ortiq boʻlsa, talab qilishga haqli emas.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi