So‘nggi vaqtlarda fuqarolarimiz orasida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ekologik jihatdan zararsiz energiya manbalaridan foydalanayotgan shaxslar ham davlatimiz tomonidan munosib qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda hamda ularga qonunchiligimizda bir qancha imtiyozlar yaratilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2022 -yildagi PF-220-son Farmoniga muvofiq,qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:
Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori
T/r | O‘rnatilgan quvvat | Kompensatsiya miqdori (bazaviy hisoblash miqdori) |
---|---|---|
1 | 0,5 kVtdan 1 kVtgacha | 7 barobar (2 mln 380 ming so‘m); |
2 | 1 kVtdan 1,5 kVtgacha | 10 barobar (3 mln 400 ming so‘m); |
3 | 1,5 kVtdan 2 kVtgacha | 15 barobar (5 mln 100 ming so‘m); |
4 | 2 kVt va undan yuqori | 20 barobar (6 mln 800 ming so‘m); |
5 | 5 kVt va undan yuqori* | 50 barobar (17 mln so‘m) |
* faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda kompensatsiya beriladi.