18 yoshga to‘lgan va turar joyga muhtoj yetim bolalar uchun 1 xonali kvartiralar ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  09.08.2021-yildagi PQ-5216-son Qaroriga asosan, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi o‘rnatildi.

Unga muvofiq 2021-yil 15-avgustdan boshlab:

— O‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar yoki mazkur kvartiralar narxidan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi turar joy (hovli) ajratiladi.

Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi;

— Tegishli tuman (shahar)da ko‘chmas mulk birlamchi bozorida mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan kvartiralar mavjud bo‘lmaganda, hududiy “Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar ko‘chmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;

— yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga to‘lgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo‘yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o‘zi va oila a’zolari (eri yoki xotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish huquqisiz ajratiladi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi