Ma’lumki, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlari fuqarolarimizni o‘zlarida rasmiy “mehnat-migranti” maqomiga ega bo‘lgan holda ishlash uchun taklif etadi. Ular tomonidan bildirilgan ushbu takliflarning birinchi navbatdagi talabi bu xorijiy tillarni bilish lozimligidir.
Ishsiz fuqarolarni xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2020-yildagi PQ-4804-sonli Qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorning 12-bandiga asosan:
ishsiz va band bo‘lmagan aholini,
shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan fuqarolarni:
- tadbirkorlik ko‘nikmalari
- xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash,
- qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratiladi.