Yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga qanday moddiy yordamlar beriladi

Ma’lumki, yurtimizda yoshlarning muammolari bilan tizimli ishlash, ularni mahallalarning o’zida bevosita hal qilish hamda yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022- yildagi PQ-92-son Qarori qabul qilingan edi.

Ushbu Qarorga asosan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan hamda ularga tavsiyasi asosida yoshlarga moddiy yordamlar va subsidiyalar berish tizimi yo’lgan qo’yilgan edi.

Hozirda, Yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga beriladigan yordam turlarining ro’yxati bilan tanishtirib o’tamiz:

Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga beriladigan yordam turlarining

RO‘YXATI

T/rYordam turiTavsiya mazmuniXulosa kimga taqdim etilishi
1.Moddiy ahvoli qiyin yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.Moddiy yordam berish yoki rad etish bo‘yicha tavsiya“Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi)
2.Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi kompensatsiyasini qoplash uchun — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaVasiylik kengashiga
3.Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaVasiylik kengashiga
4.Mamlakatdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaVasiylik kengashiga
5.Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaVasiylik kengashiga
6.Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaVasiylik kengashiga
7.Ijtimoiy himoyaga muhtoj yangi turmush qurayotgan yosh oilalarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun tijorat banklari tomonidan 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga kafillik berish.Kafillik berish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaVasiylik kengashiga
8.Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lashda alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi bo‘yicha tavsiya berish.Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi bo‘yicha tavsiyaYoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limiga
9.Sport to‘garaklarini tashkil etish uchun mahallada bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga berish.Ijaraga berish yuzasidan tavsiyaYoshlar ishlari agentligiga
10.Ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaVasiylik kengashiga
11.Yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan qismi hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish.Xarajatlarni qoplash yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaYoshlar ishlari agentligiga
12.Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaYoshlar ishlari agentligiga
13.Nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.Subsidiya ajratish yoki rad etish bo‘yicha tavsiyaYoshlar ishlari agentligiga


Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi