Sekundar huquq

Fuqarolik huquqida sekundar huquq degan tushunchani eshitgan boʻlishingiz mumkin. Bu odatda unchalik koʻp uchramaydi. Sekundar huquq – bu huquq egasiga boshqa shaxsning yuridik holatiga bir tomonlama taʼsir oʻtkazish imkoniyatini beradigan huquq sanaladi. Soddaroq aytganda, sekundar huquq – bu boshqa shaxslarning harakatlari orqali amalga oshiriladigan huquqdir. Yaʼni, bu huquq egasi oʻz huquqini toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshira olmaydi, balki boshqa shaxsning harakatlariga bogʻliq boʻladi.

Bu huquq oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, uni oddiy subyektiv fuqarolik huquqlaridan farqlaydi.

Quyidagi jadvalda sekundar huquqning asosiy xususiyatlarni koʻrishingiz mumkin.

1Bir tomonlama xarakter:Sekundar huquq egasi oʻz xohish-irodasi bilan boshqa shaxsning huquqiy holatini oʻzgartirishi mumkin.  
2Majburiyat yoʻqligi:Sekundar huquqqa qarshi turuvchi majburiyat mavjud emas. Boshqa tomon faqat sekundar huquq egasining harakatlarini “qabul qilish”ga majbur.  
3Vaqtinchalik xususiyat:Sekundar huquqlar, odatda, maʼlum bir vaqt davomida mavjud boʻladi va ular amalga oshirilgandan soʻng tugaydi.  
4Huquqiy munosabat oʻzgarishi:Sekundar huquqning amalga oshirilishi natijasida yangi huquqiy munosabat vujudga keladi, mavjud munosabat oʻzgaradi yoki bekor qilinadi.  

Sekundar huquq quyidagi turlarga boʻlinadi:

Huquq vujudga keltiruvchi: Masalan, ofertani qabul qilish huquqi. Fuqarolik kodeksi 370-moddasiga koʻra, shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif (oferta) uni yuborgan shaxs tomonidan olingan paytdan boshlab uni qabul qilish uchun koʻrsatilgan muddatda yoki oqilona muddatda bogʻlab turadi.

Masalan, agar A kompaniyasi B kompaniyasiga mahsulot yetkazib berish boʻyicha oferta yuborsa, B kompaniyasi bu ofertani qabul qilish (aksept) huquqiga ega. Bu yerda B kompaniyasining aksept huquqi sekundar huquq hisoblanadi, chunki u A kompaniyasining ofertasiga bogʻliq.

Huquqni oʻzgartiruvchi: ijara shartnomasini uzaytirish huquqi.

Huquqni bekor qiluvchi: vasiyatnomani bekor qilish huquqi.

Sekundar huquqlar fuqarolik huquqiy munosabatlarning dinamikasini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Ular fuqarolik huquqi subyektlariga oʻz manfaatlarini samarali himoya qilish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Sekundar huquq va subyektiv huquq oʻrtasida farq farq mavjud sanaladi.

Subyektiv huquq – bu shaxsning oʻz manfaatlarini qondirish uchun maʼlum harakatlarni amalga oshirish imkoniyati.

Sekundar huquq esa – boshqa shaxsning huquqiy holatiga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati.

Yuridik adabiyotlarda sekundar huquqlarning cheklanishi mumkinligi ham taʼkidlanadi. Bu cheklovlar qonun yoki shartnoma asosida belgilanishi mumkin. Masalan, baʼzi hollarda sekundar huquqni amalga oshirish uchun maʼlum muddatlar oʻrnatilishi mumkin.

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?